Texnologiya | 07:58 / 26.12.2015
4189
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Bangladeshda 12,65 mlrd dollarga ikkita AES quradi

Bangladeshning atom energetikasi bo‘yicha davlat komissiyasi Rossiya bilan quvvati 1,2 ming MVt bo‘lgan ikkita atom elektr stansiyasi qurish haqida kelishib olinganini ma'lum qildi. Ikkita AES qurilishining umumiy bahosi 12,65 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu haqda Bangladesh fan va texnologiyalar vazirligi vakili Kamrul Islom Bxiyan ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

“Rossiya loyihaning 90 foizini LIBOR stavkasi va yana qo‘shimcha 1,75 foizli kredit sifatida moliyalashtiradi”, deb aytdi vazirlik vakili.

Kredit 28 yilga 10 yillik imtiyozli muddat bilan ajratiladi. Bangladesh moliya vaziri Abdul Muhitdin bu mamlakatdagi eng yirik energetik loyiha bo‘lishini aytdi. Birinchi AESning birinchi bloki 2022 yilda, ikkinchisiniki esa 2023 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.

Energetik majmuani mamlakat poytaxti Daqqadan 160 km uzoqlikda joylashgan Ruppur shahrida qurish rejalashtirilmoqda.

“Rosatom” favqulodda sharoitlarda 72 soat davomida ishlay oladigan zamonaviy elektr stansiyalar barpo etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish