Jamiyat | 16:39 / 26.12.2015
2798
1 daqiqa o‘qiladi

Serbiyada 11 yil davom etgan tergov ishlaridan so‘ng 79 kishi poraxo‘rlikda gumon qilinib qo‘lga olindi

Serbiyada poraxo‘rlik to‘g‘risidagi ishni tergov qilish doirasida 79 kishi hibsga olindi. Bu haqda mamlakat ichki ishlari vaziri Neboysha Stefanovich maxsus matbuot anjumanida ma'lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.

Uning so‘zlariga ko‘ra, poraxo‘rlikda ayblanayotganlar harakatlari tufayli 7,8 milliard dinar (100 million yevro) zarar yetkazilgan.
Qamoqqa olinganlar orasida sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Slobodan Milosavlevich, uning o‘rinbosari, shuningdek, munitsipalitet (mahalliy boshqaruv organlari)lar rahbarlari, yirik korxonalar boshqaruvchilari ham bor.

Huquqni muhofaza qilish organlari ularni pora olish, xizmat lavozimi suiiste'mol qilish, pullarni noqonuniy o‘zlashtirishda aybdor deb hisoblamoqda.
Stefanovichning so‘zlariga ko‘ra, tergov ishlari 2004 yildan boshlangan. “Operatsiya davom etadi, hech kimga shafqat qilinmaydi”, - dedi vazir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish