Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serbiyadagi muhojirlarga plastik kartochkalar tarqatiladi
Serbiya mehnat vaziri Aleksandr Vulinning ma'lum qilishicha, mamlakatdagi 17 ming nafardan ortiq qochqinlarga elektron to‘lovlarni amalga oshirishda foydalaniladigan plastik kartochkalar beriladi. Bu haqda Tanjug agentligi xabar tarqatdi.
"Mamlakatimizga kirib kelgan muhojirlarning har biriga 5 ming dinor puli bor (40 yevrodan ortiq) plastik kartochkalar tarqatiladi. Ular pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflashadi", deydi u.
Vazirning aytishicha, qochqinlar uchun jami 85 mln dinor mablag‘ ajratilgan (700 ming yevro). Plastik kartochkalar dastlab nogironlar, yosh bolalilar va keksalar uchun tarqatiladi. Yaqin 90 kun ichida hukumat ming kishini plastik kartochkalar bilan ta'minlashni rejalashtirgan.