Jamiyat | 22:07 / 26.12.2015
10148
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonlik bolalarga turkiy ismlar berish taqiqlanadi

Yaqin orada Tojikistonda tug‘ilgan bolalarga 4 mingta ismdan iborat yagona ro‘yxatda keltirilgan ismlar berila boshlanadi, deb xabar berdi 25 dekabrda Tojikiston til va atamashunoslik qo‘mitasi matbuot-markazi vakili Abdurahim Zulfoniyon.

“Bizning qo‘mita tojik ismlarining yagona ro‘yxatini tayyorladi va uni 24 dekabrda hukumatga qabul qilish uchun topshirdi”, deb aytdi jurnalistlarga Zulfoniyon.

Zulfoniyonning aytishicha, ro‘yxat tasdiqlangandan keyin u Tojikistonning barcha fuqarolik holatlari dalolatnomasini yozish bo‘limlariga (FHDYo) yuboriladi. FHDYolarda ushbu ro‘yxatga ko‘ra yangi tug‘ilgan bolalarga ismlar va tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma beriladi.

Zulfoniyonning ta'kidlashicha, tojiklar endilikda o‘z farzandlariga “qul”, “xon”ga tugaydigan ismlarni (misol uchun, Amirqul, Saidxon) bera olmaydilar. Uning aytishicha, Tojikistonda yashovchi boshqa millat vakillari o‘z farzandlariga o‘zlarining milliy an'analariga ko‘ra ism berishlari mumkin. Oxirgi vaqtlarda ko‘plab tojik oilalarida o‘z farzandlariga arabcha, turkcha va eroncha ismlar, shuningdek Qur'ondagi payg‘ambarlarning ismlarini berish rusum bo‘lgan.

Zulfoniyonning aytishicha, ismlar yagona ro‘yxatini 2016 yil boshida chop etish rejalashtirilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish