11:03 / 26.12.2015
4469

Xiddink "Chelsi"da Kostaning o‘rniga boshqa hujumchi olib kelmoqchi

"Chelsi"ning yangi bosh murabbiyi Guus Xiddink "Atletiko" hujumchisi Jyekson Martinesni transfer qilishni mo‘ljallamoqda. The Telegraph nashri xabariga ko‘ra, londonliklar Diyego Kostani "Atletiko"ga qaytarish evaziga Martinesni olishmoqchi.

Bu rejaga futbolchilarning qanday munosabatda ekani hozircha ma'lum emas.

29 yoshli Martines "Atletiko" safida joriy mavsumda 11 o‘yin o‘tkazdi va 2ta gol urib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Top