Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiddink «Chelsi» rahbariyati tomonidan qo‘yilgan vazifalarni oshkor qildi
"Chelsi" jamoasining yangi bosh murabbiyi Guus Xiddink jamoa oldiga joriy mavsum uchun qo‘yilgan vazifalar haqida ma'lum qildi. Uning aytishicha, jamoa hozirgi o‘rni qanday bo‘lishidan qat'i nazar mavsum yakunida kuchli to‘rtlikka kirishi kerak.
"Bizning maqsadimiz Angliya chempionida kamida to‘rtinchi o‘rinni egallash. Chunki nazariy maksimum nuqtai nazaridan buning iloji bor. Bu natijaga erishish uchun jamoa yaxshi o‘ynashi kerak. Shuningdek, YeChLda hamda Angliya Kubogida g‘olib chiqishni ham maqsad qilganmiz. Buning uchun futbolchilarimiz o‘zlari qodir bo‘lgan ishni bajara olishsa kifoya", deydi murabbiy goal.com nashri xabariga.
Ma'lumot uchun, "Chelsi" 17-turdan keyin 18 ochko to‘plagan holda, APL turnir jadvalining 15-o‘rnida joylashgan.