12:49 / 27.12.2015
6145

Afg‘onistonda oxirgi zilzila tufayli 250dan ortiq uy vayron bo‘lgan

Afg‘onistonning Badaxshon viloyati favqulodda vaziyatlar bo‘yicha boshqarmasi rahbari Said Abdullo Humoyun Dehqonning ma'lum qilishicha, 26 dekabr kuni yuz bergan zilzila tufayli Zebok va Baxorak tumanlarida 20dan ortiq uy butunlay buzilgan hamda 264ta bino shikastlangan.

Uning aniqlik kiritishicha, markazi Zebokdagi Tezob qishlog‘ida bo‘lgan zilzila kuchi 6,82 ballni tashkil etgan va zilzila o‘chog‘i 203 km chuqurlikda joylashgan.

Tumandagi Rubotak qishlog‘da 34 uy, Bahorak tumanidagi Dukul qishlog‘ida 20ta uy buzilib ketgan.

Nagarxar viloyatida ushbu zilzila tufayli 13 kishi jarohatlangan.

AQSh Geologik xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, 26 dekabr kungi zilzila kuchi 6,3 magnitudani tashkil qilgan. Yer silkinishlari, shuningdek, Hindistonning Dehli shahrida ham sezilgan.

Ushbu zilzilaning kuchi 26 dekabr tungi soat 0:15larda O‘zbekistonning bir qator hududlarida ham sezildi.

Shuningdek, bu vaqtda Dushanbeda 4 balli zilzila qayd qilingan.

Bu zilzila tufayli Afg‘oniston va Pokistonda 4 kishi halok bo‘lgan.

Top