Jahon | 09:00 / 27.12.2015
2743
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning uchta shtatidagi tornado va shtormlar qurbonlari soni 17 kishiga yetdi

AQShning Missisipi, Tennessi va Arkanzas shtatlariga yopirilgan shtorm, jala va tornado oqibatida halok bo‘lganlar soni 17 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda ABC telekanali. 

Missisipi shtatining favqulodda vaziyatlar agentligi avval bedarak yo‘qolgan ikki kishining halok bo‘lganini tasdiqladi. Shtatda halok bo‘lganlarning umumiy soni 10 kishiga yetdi, 60 ga yaqin odam jarohat olgan. 100 dan ko‘proq uy hamda do‘kon va idoralarga shikast yetgan.

Tennessida 6 kishi halok bo‘lgan, Arkanzasda esa 18 yashar bir qiz halok bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish