Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Arsenal" 1910 yildan buyon Boxing Day`dagi eng yirik mag‘lubiyatiga uchradi
Londonning "Arsenal" jamoasi Angliya chempionatining 18 turi doirasida "Sautgempton" maydonidan 0:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytishdi.
Bu mag‘lubiyat kanonirlarning 1910 yildan buyon Boxing Day kunlaridagi eng yirik mag‘lubiyati bo‘ldi. 105 yil oldin "Arsenal" Boxing Day`da "Manchester Yunayted"ga 0:5 hisobida yutqazgandi.
Bir hafta oldin "Manchester Siti"dan 3 ochko olgan "kanonirlar", bu safar nursiz o‘yin orqali yirik hisobda yutqazdi. Natijada ular 1-o‘ringa ko‘tarilish imkoniyatini qo‘ldan chiqarish bilan birga, "Siti"ni o‘zlariga yaqinlashtirib qo‘yishdi. Ayni vaqtda, APL turnir jadvalining birinchi o‘rnida "Lester" 38 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi "Arsenal" hisobida 36, uchinchi o‘rindagi "Manchester Siti" hisobida esa 35 ochko bor.