Jahon | 16:52 / 27.12.2015
3154
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada poyezd izdan chiqishi tufayli 200 ming litr sulfat kislota to‘kilib ketdi

Avstraliyaning Kvinslend shtatida yuk poyezdi relsdan chiqib ketishi tufayli sulfat kislota to‘kilib ketgan. Bu haqda Brisbane Times nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, poyezddagi 26ta vagonning barchasi ag‘darilib ketgan. Bu voqea sodir bo‘lgan joydan 2 km radiusdagi hudud taqiqlangan hudud sifatida e'lon qilingan va bu yo‘lda poyezdlar harakati to‘xtatilgan.

Ushbu hodisa tufayli 3 kishi shifoxonaga olib borilgan. Halok bo‘lganlar borligi haqida ma'lumot yo‘q.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish