Jahon | 15:43 / 27.12.2015
2019
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiyadagi temir yo‘l bekatida shubhali buyum tufayli evakuatsiya amalga oshirildi

Belgiyaning Namyur shahridagi temir yo‘l bekati ishchilari va barcha yo‘lovchilar hududda shubhali buyum borligi aniqlanganidan so‘ng evakuatsiya qilindi. Bu haqda RTL xabar tarqatdi.

Huquq tartibot organlari xodimlari temir yo‘l xizmatidan bu yo‘nalishdagi barcha poyezdlar harakatini to‘xtatishni buyurgan.

Yo‘lovchilar qanday sabab tufayli qancha vaqtga poyezdlar kechikishi mumkinligidan ogohlantirilgan.

Bundan oldinroq, Namyur politsiyasi shaharda terakt amalga oshirilishi mumkinligi haqida ma'lumot olgani aytilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish