Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Saudiya Arabistonini terrorizmga yordam berayotganlikda aybladi
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Yamanda otishmalarni davom ettirayotgani va Suriyada qurollangan jangarilarga ko‘mak ko‘rsatayotgani sababli Saudiya Arabistonini terrorizm bilan hamkorlik qilishda aybladi, deya xabar bermoqda Associated Press.
U Suriya prezidenti Bashar Asadning hokimiyatdan ketishi uning iste'fosini talab qilayotgan Turkiya, Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAni kuchaytirmasligini aytib o‘tdi.
Ruhoniyning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistonining harakatlari Yamanda gumanitar inqiroz va kambag‘allik darajasining ortishiga olib keldi.