Sport | 09:50 / 27.12.2015
2337
1 daqiqa o‘qiladi

"Everton" so‘nggi daqiqada urilgan gol evaziga "Nyukasl"ni mag‘lub etdi

Angliya Premer-ligasining 18-turidan o‘rin olgan "Nyukasl" va "Everton" uchrashuvida mehmonlar kichik 1:0 hisobida zafar quchib, safardan g‘alaba bilan qaytishdi.

Uchrashuvdagi yagona gol o‘yinga qo‘shib berilgan so‘nggi daqiqada Tom Kleverli tomonidan urildi.

Endilikda "Everton" 26 ochko bilan to‘qqizinchi o‘ringa joylashgan. "Nyukasl" esa 18 o‘rinda, bu jamoa hisobidagi ochkolar soni 17ta.

Angliya chempionati, 18-tur

Nyukasl - Everton - 0:1 (0:0)

Gol: 0:1 – 90 Kleverli.

Nyukasl – Elliot, Yanmat, Mbemba, Kolochchini, Dammett, Sissoko, Anita, Kolbek, Veynaldum, Peres (Toven, 87), Mitrovich.

Everton – Xovard, Koulmen, Stounz, Funes Mori, Beyns, Barkli (Deulofeu, 69), Berri, Kleverli, Lennon (Beshich, 69), Lukaku, Miralyas (Osman, 85).

Ogohlantirishlar: Yanmat (11), Berri (36), Barkli (63), Kolbek (82).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish