21:28 / 27.12.2015
3791

FIFA prezidenti lavozimiga nomzod shahzoda Ali zudlik bilan Garsiya hisobotini chop etishga chaqirdi

FIFA prezidenti lavozimiga nomzod, Iordaniya shahzodasi Ali ibn Al-Husayn zudlik bilan FIFAning axloq qo‘mitasi tergov palatasining sobiq raisi, 2018 va 2022 yillardagi jahon chempionatlari mezbon davlatlarining saylanishi bo‘yicha tergov o‘tkazgan Maykl Garsiya hisobotini chop etishga chaqirdi. Bu haqda AFP axborot agentligi ma'lum qildi.

“Jamoatchilik ham, FIFA prezidentiga nomzodlar ham tashkilotda nima yuz berganini bilishga haqlilar”, deb aytdi shahzoda Ali Dubayda bo‘lib o‘tgan xalqaro sport anjumanida.

FIFAning 2018 va 2022 yillardagi jahon chempionatlari mezbon davlatlarini saylashning haqqoniyligi masalasi bo‘yicha tergovi o‘tgan yilning noyabrida ma'lum qilingan. Tergovni o‘tkazgan komissiya saylov jarayonida qoidabuzarliklar bo‘lmaganini aniqlagan. Bundan keyin Garsia uning tergovi natijalari qay yo‘sinda taqdim qilinishi bo‘yicha norozi bo‘lib, iste'foga chiqqan. Marokashda 2014 yil dekabr oxirida FIFA ijroiya qo‘mitasida Garsianing hisobotini chop etishga qaror qilingan. Bu hisobot FIFA ijroiya qo‘mitasining bir necha a'zolariga nisbatan axloq qo‘mitasi tergovi ko‘rib chiqilishi yakunlanmaguncha chop etilmasligi aytilgan. 2015 yil yozida OAVlarda Shveytsariya prokuraturasining FIFAda korrupsiya holati bo‘yicha tergovi yakunlanmaguncha hisobot chop etilmasligi ma'lum qilingan.

Top