Jahon | 23:33 / 27.12.2015
8622
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq armiyasi Ar-Ramadiyda IShID ustidan g‘alaba qozonganini ma'lum qildi

Iroq qurolli kuchlari Ar-Ramadiyda IShID jangarilari ustidan g‘alaba qozonganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Avvalroq harbiylar jangarilardan hukumat majmuasini qaytarib olgani ma'lum qilingandi.

“Biz majmuani nazorat qilmoqdamiz, demak biz ularni Ar-Ramadiyda yutdik”, deb aytdi iroqlik harbiylar vakili Saboh al-No‘'moniy.

Al-No‘'moniyning aytishicha, keyingi vazifa shaharda jangarilar berkinishi mumkin bo‘lgan joylarni va shahar atrofini tozalash bo‘ladi.

Janglar davomida shaharning ko‘plab mavzelari to‘liq yo‘q qilingan. Janglarning faol bosqichi bir haftadan ko‘proq davom etgan. Iroq harbiylari Ar-Ramadiyga hujum qilishdan oldin shaharga aholini o‘z uylarini tark etishlari so‘ralgan varaqalar tashlashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish