Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqlik harbiylar IShID jangarilarini Ramadi shahri markazidan siqib chiqardi
Iroq hukumatidagi manbaning ma'lum qilishicha, iroqlik harbiylar IShID nazoratida bo‘lib kelgan Ramadi shahridan jangarilarni siqib chiqargan.
Manbaning aytishicha, harbiylar asosiy vazifani bajarishgan, ya'ni shahar markazidagi boshqaruv binosi qo‘lga olingan.
Bundan oldinroq, jangarilar bu shaharni tashlab chiqa boshlagani ma'lum qilingandi. Iroq armiyasi vakillari shahardagi binolarga ular minalangan bo‘lishi ehtimoli borligi uchun kirishmayapti. Bu shahar qamali bir necha oydan beri davom etmoqda.
Qamal vaqtida Iroq harbiylari jangarilarga ta'minot yetkaziladigan yo‘llarni to‘sib qo‘ygan va Ramadi shahri aholisidan osmondan varaqa tashlash orqali shahardan chiqib turishni so‘ragandi.
Shahardagi o‘n minglab aholi orasida yuzlab jangarilar qoldirilgani taxmin qilinmoqda. Ularning qoldirilishidan qanday maqsad ko‘zlangani aniq emas.