14:09 / 27.12.2015
4730

Istanbul aeroportidagi portlash uchun javobgarlikni kurd jangarilari o‘z zimmasiga oldi

Turkiyaning Istanbul shahridagi aeroportda sodir etilib, bir kishining o‘limiga sabab bo‘lgan hujum uchun javobgarlikni “Kurdiston erkin qirg‘iylari” guruhi o‘z zimmasiga oldi, deya xabar bermoqda Reuters terristlar murojaatiga asoslangan holda.

Kurdlarning xabar qilishicha, aeroport minomyotdan o‘qqa tutilgan. Bundan tashqari, ular hujum Turkiyaning Kurdiston ishchilar partiyasiga qarshi harbiy amaliyotiga javob ekanini ma'lum qilishgan, deya qayd etdi Associated Press.

Eslatib o‘tamiz, 23 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 02:05da Sabihi Go‘kchen nomidagi Istanbul xalqaro aeroportida portlash sodir bo‘lgan edi. Buning oqibatida ikki nafar farrosh jarohat olib, ulardan biri halok bo‘lgan. Shuningdek, portlashdan aeroportdagi beshta samolyotga ziyon yetgan.

Top