15:44 / 27.12.2015
6184

Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Era Kann (Irina Brucheyeva) “Golos” shousi finalida g‘alabaga erisholmadi

Rossiyaning Birinchi kanali loyihasi hisoblangan “Golos” shousi finaliga chiqqan Era Kann (Irina Brucheyeva) to‘rtinchi o‘rin bilan kifoyalandi.

Irina Robertovna Brucheyeva (Era Kann) 1993 yilning 11 yanvarida Samarqand shahrida dunyoga kelgan. Oradan ozroq vaqt o‘tib uning oilasi Rossiyaning Saratov shahriga ko‘chib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, “Golos” shousining to‘rtinchi mavsumida Grigoriy Leps jamoasidagi iyeromonax (ruhoniylik rutbasini olgan monax) Fotiy g‘alaba qozondi. Ikkinchi o‘rinni Aleksandr Gradskiy tarbiyalanuvchisi Mixail Ozerov qo‘lga kiritdi. Polina Gagarina jamoasidagi Olga Zadonskaya uchinchi o‘rin bilan cheklangan bo‘lsa, Basta jamoasidagi Era Kann finalning so‘nggi o‘rni bilan kifoyalandi.

“Golos” shousi Rossiyaning Birinchi kanalida 2012 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. O‘tgan uch mavsumda Gradskiyning shogirdlari — Dina Garipova, Sergey Volchkov va Aleksandra Vorobyova g‘olib bo‘lgan.

Top