Sport | 17:55 / 27.12.2015
2792
2 daqiqa o‘qiladi

Neymar kelajakda "Manchester Siti" safida o‘ynashi mumkinligini istisno etmadi

Braziliya terma jamoasi yetakchisi, "Barselona"ning asosiy hujumchilaridan biriga aylangan Neymar jamoasi bilan shartnomani uzaytirishga qarshi emasligini aytib o‘tgan. Shu bilan birgalikda, u "Manchester Siti"dan qulay taklif berilsa, bu taklifni ko‘rib chiqishini bildirgan. Bunda "shaharliklar" boshqaruviga Xosep Gvardiolaning kelishi sabab bo‘lishi mumkin.

"Men "Barsa" bilan shartnomamni uzaytirishga umid qilaman. Hozircha bu borada muzokaralar davom etmoqda. "Manchester Siti" mavzusida bu jamoaga yozda Xosep Gvardiola bosh murabbiy bo‘lganidan keyin gaplashishimiz mumkin. Kelgusida, bu Angliyada futbol o‘ynashga ham ulgurarman", degan u AS nashriga.

Bundan oldinroq, "Bavariya"ning ayni vaqtdagi ustozi Gvardiola "shaharliklar" boshqaruviga o‘tsa, birinchi xarid sifatida Neymarni olib kelishni rejalashtirgani haqida aytilgandi.

Manchester Siti" Neymar uchun "Barselona"ga 190 million yevro to‘lashga tayyor.

Bundan oldinroq, futbolchiga "Manchester Yunayted" va "PSJ" jamoalari qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Braziliyalik hujumchi Ispaniya chempionatida 13 o‘yinda 14 ta gol kiritgan va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Neymar Peres bilan "Real"ga o‘tish bo‘yicha gaplashishni istamayapti

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish