12:01 / 27.12.2015
4158

Neymar Peres bilan "Real"ga o‘tish bo‘yicha gaplashishni istamayapti

"Barselona"ning braziliyalik yosh futbolchisi Neymar "Real" jamoasi prezidenti Florentino Peresning uni madridliklar safiga chorlab, qilayotgan takliflariga e'tiborsiz qarashda davom etmoqda.

Sport.es nashri xabariga ko‘ra, Peres bu 23 yoshli futbolchi bilan muzokara boshlash maqsadidan uning otasiga bir necha marta qo‘ng‘iroq qilgan, lekin har safar rad qilingan.

"Oltin to‘p-2015" uchun asosiy 3 nomzoddan biri hisoblanuvchi bu futbolchiga Angliyaning "Manchester Yunayted" va Fransiyaning "PSJ" jamoalari tomonidan ham jiddiy qiziqish saqlanib qolmoqda.

Ma'lumot uchun, Neymar joriy mavsumda Ispaniya chempionati va YeChL doirasida "Barselona" bilan 18ta o‘yin o‘tkazdi va 16ta gol urib, 9ta golli pas muallifi bo‘ldi.

Top