Sport | 20:42 / 27.12.2015
4492
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: “Real” prezidenti Mourinoning Madrid klubiga zudlik bilan qaytishini istamoqda

Madridning “Real” futbol klubi prezidenti Florentino Peres endilikda “Chelsi”ning sobiq murabbiyi Joze Mourinoga Madrid klubiga yana murabbiylik qilishni taklif qildi. Bu haqda The Sunday Times britan nashri xabar bermoqda

Peres portugaliyalik mutaxassis klub rahbariyati ishonchini yo‘qotgan Rafael Benitesning o‘rniga zudlik bilan kelishini istamoqda. Biroq Mourino hozircha bu taklifni qabul qilishga tayyor emas, chunki u“ Manchester Yunayted”ga murabbiylik qilmoqchi. U yaqin orada iste'foga chiqarilishi mumkin bo‘lgan “MYu” bosh murabbiyi Lui van Gal bilan bog‘liq vaziyatning hal qilinishini kutmoqda.

Mourino “Chelsi”ga ikki yil murabbiylik qilgandan keyin jamoa qoniqarsiz natijalarni ko‘rsatayotgani uchun 17 dekabrda iste'foga chiqarilgandi.
Mourino “Real”ga 2010-2013 yillar davomi murabbiylik qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish