Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Indoneziyada 3 kishi yo‘lovchi laynerida bomba haqida hazil qilgani uchun qo‘lga olindi
Indoneziyada uch nafar erkak Kupang (Sharqiy Kichik Zond orollari provinsiyasi ma'muriy markazi)dan Jakartaga parvoz qilayotgan samolyot bortida bomba bo‘lishi mumkinligi haqidagi so‘zi uchun qo‘lga olindi. Bu haqda yakshanba, 27 dekabr kuni Jakarta Globe gazetasi ma'lum qildi.
Asosiy gumondor Endang Endri Susandi va uning ikki hamrohi Batik Air kompaniyasi layneri bortida ekanida xavfsizlik xizmati xodimlari uning yuklari orasidan shubhali obektni topishadi. Chamadon tekshirib ko‘rilganida, samolyotga olib chiqish taqiqlangan hasharotlarga qarshi sprey topiladi. Shunda ham Endangga o‘z joyini egallab, Jakartaga uchishga ijozat beriladi. U bo‘lsa styuardessa bilan hazillashishga qaror qilib: “Agarda menda bomba bo‘lganida, uni ham olib kirish mumkin emasmidi?” deb so‘raydi. Shundan so‘ng kapitan politsiya bilan bog‘lanadi va hazilkash hamda uning hamrohlariga qo‘lga olinadi.
Provintsiya huquqni muhoafaza qilish organlari rahbarining xabar berishicha, asosiy gumondor 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlar samolyot bortida, jamoat joylarida “bomba” so‘zini ishlatish jiddiy jazoga tortilishini tushunib yetishlari lozim.