Jahon | 11:18 / 27.12.2015
2380
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Texasda tornado tufayli 7 kishi halok bo‘ldi

26 dekabr kuni AQShning Texas shtatiga yopirilgan tornado qurbonlari soni 7 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda NBC telekanalida ma'lum qilingan.

Ma'lum qilinishicha, shtatdagi Garlend shahrida 5 kishi halok bo‘lgan. Yana ikki kishi Koupvilledagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasidaligida tornadoga yo‘liqib, olamdan o‘tgan.
Texas shtatida shu vaqtgacha 40dan ortiq uy tornado tufayli vayron bo‘lgan. Bu tabiiy ofat tufayli Dallas va Fort-Uert shaharlarini bog‘lovchi ayeroport yo‘nalishlari bekor qilingan. Dallas va Farmsvilldagi talofatlarning aniq miqdori qayd etilmagan, shu tufayli qurbonlar soni ortishi mumkinligi aytilgan.

Bundan oldinroq, AQShning Missisipi, Arkanzas va Alabama shtatlarida keyingi 2 kun ichida yuz bergan tornado tufayli jami 18 kishi halok bo‘lgani va 60 nafardan ortiq ishi jarohatlangani to‘g‘risida ma'lum qilingandi.

Texas shtatidagi Dallas yaqinida navbatdagi tornado qayd etildi

AQShning uchta shtatidagi tornado va shtormlar qurbonlari soni 17 kishiga yetdi

AQShda tornado tufayli 10 kishi halok bo‘ldi

AQShda tornado. Foto va video

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish