00:39 / 27.12.2015
7513

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar aylanmasi 29,2 foizga kamayib ketdi

2015 yil 25 dekabrda Toshkentda Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarining OAVlarda yoritilishi masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati va Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan, O‘zbekistondagi gazeta, radio, televideniye va internet-nashrlar jurnalistlari ijodiy tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev tadbirni ocha turib, 2015 yilda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlari, davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar yanada mustahkamlangani ta'kidlab o‘tdi. Tyurdenev iqtisodiy, investitsion, gumanitar va migratsiya sohalari bo‘yicha davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning rivojlanish dinamikasini yoritdi.

Uning aytishicha, O‘zbekiston hali ham Rossiyaning Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi eng asosiy savdo hamkorlaridan biri bo‘lib qolmoqda hamda Rossiya hisobiga O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasining deyarli choragi to‘g‘ri keladi.

“Rossiya Federal bojxona xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, ikki tomonlama tovar aylanmasi joriy yilning 9 oyida 29,2 foizga, ya'ni 2,14 mlrd dollargacha qisqargan. Bu pasayish avvalambor rubl kursining pasayishi sababli pul ifodasida yuz bergan, bu orada ikki tomonlama tovar aylanmasi jismoniy hajmlarda bor-yo‘g‘i 1,8 foizga qisqargan. Ba'zi pozitsiyalar bo‘yicha esa o‘sish kuzatilgan. Misol uchun, Rossiyaga O‘zbekistondan meva-sabzavotlarning yetkazilishi 9 oy davomida jismoniy hajmlarda 78,4 foizga oshgan”, deb aytdi Tyurdenev.

Top