Jamiyat | 09:59 / 27.12.2015
2578
1 daqiqa o‘qiladi

Salvadorda yirik miqdordagi giyohvand moddalar musodara qilindi

Salvador hukumati 27 dekabr kuni bir tonna miqdoridagi giyohvand modda musodara qilingani haqida xabar tarqatdi.

Markaziy Amerika mamlakati milliy fuqarolik politsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, taqiqlangan mahsulot ortilgan to‘rtta tezsuzar kater Tinch okeanida Sonsonet departamenti sohillaridan 90 dengiz mili (1 dengiz mili 1852 metr) uzoqlikda qurshab olingan. Kemalar bortida darhol 15 kishi qo‘lga olingan, ularning 12 nafari Gvatemala, uch nafari Ekvador fuqarolaridir.

Diario1 portali ma'lumotlariga ko‘ra, mazkur amaliyot Salvador huquqni muhofaza qilish organlarining bir qator boshqa davlatlardagi hamkasblari bilan birgalikdagi ishi natijasidir.
“Operatsiya 48 soat davom etdi, aytish mumkinki, bu joriy yilda musodara qilingan eng yirik partiyadir”, - deyiladi politsiya xabarida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish