Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Yamandan uchirilgan “Skad” raketasini tutib qoldi
Saudiya Arabistoni Yaman tomonidan uchirilgan “Skad” ballistik raketasini to‘xtatib qoldi, deya xabar bermoqda SPA yangiliklar agentligi.
“Saudiya Arabistoni havo hujumidan mudofaa tizimi kecha mahalliy vaqt bilan 11lar atrofida Yamanning Sana shahridan Najron shahri tomonga uchirilgan raketani tutib qoldi. HHK ishga tushirish platformasini zudlik bilan yo‘q qildi”, - deyiladi xabarda.
Yaman davlat yangiliklar xizmatining xabariga ko‘ra, Saudiya milliy gvardiyasi raketa nishoni bo‘lgan.
Bu Saudiyada kuzatilgan birinchi hodisa emas. Avvalroq ham bir necha marotaba Saudiya Arabistoni havo hujumidan mudofaa tizimi Yaman hududidan uyushtirilgan raketa zarbalariga barham bergan edi.