22:33 / 27.12.2015
6472

Uralda o‘z o‘g‘lini kalamushni o‘ldiruvchi zahar bilan o‘ldirmoqchi bo‘lgan ayol hibsga olindi

Rossiyaning Sverdlovsk viloyatining Asbest shahrida o‘zining 8 yoshli o‘g‘lini kalamushni o‘ldiruvchi zahar bilan zaharlamoqchi bo‘lgan ayol hibsga olindi. Bu haqda viloyat ichki ishlar bo‘limi saytida ma'lum qilindi.  

“Ayol go‘yoki bolani kasaldan xalos etish maqsadida unga kalamushni o‘ldiruvchi zahar saqlangan dorilar bergan. Bu haqda maktab o‘quvchisi bo‘lgan bola shifoxonada davolanayotgan paytda tahlil topshirganda ma'lum bo‘ldi. Shifokorlar bu haqda bong urib, huquq-tartibot muassasalari xodimlarini xabardor qilishgan”, deyilmoqda xabarda.

Ta'kidlanishicha, ayol boshida politsiyachilarga yolg‘on ko‘rsatmalar bergan, biroq inkor etib bo‘lmaydigan dalillar bosimi ostida o‘g‘lini o‘ldirmoqchi bo‘lgani tan olgan.   

Bola shifoxonada qolmoqda, ayni vaqtda uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.

Ayol nega bunday qilganining aniq sabablari huquq-tartibot muassasalari xodimlari tomonidan aniqlashtirilmoqda. Ayolning aytishicha, u o‘z yaqinlarini davolash bilan shug‘ullanishdan chargani sababli shunday qilgan.

Ushbu ish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va Yekaterinburg prokuraturasiga yuborilgan. Agar ayolga nisbatan balog‘atga yetmagan shaxs hayotiga suiqasd qilish moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilsa, u 20 yilga ozodlik mahrum etilishi mumkin.

Top