2015 yilning eng yoqimtoy jonivorlari nomi e'lon qilindi
Metro britan gazetasi o‘tayotgan 2015 yilning eng yoqimtoy jonivorlari nomini ma'lum qildi. Ro‘yxatdan 15 ta jonivor o‘rin olgan.
Reytingda 1-o‘rinni burgerning oxirgi bo‘lagi tegmay qolgan it egallagan.
2-o‘rinni o‘zini it deb hisoblaydigan, Qovoq laqabli yenot egalladi.
3-o‘rinni kalta oyoqlarga ega bo‘lgan barcha qanday qilib zinadan tushishini anglab yetgan korgi zotidagi it egallamoqda.
4-o‘rin sirpanib ketib vannachaga boshi bilan tushib ketgan filchaga tegdi.
5-o‘rinni mexanik bo‘lib “ishlayotgan” taksa zotidagi it, 6-o‘rinni egasining ishga ketganidan qayg‘urayotgan g‘amgin mushuk egallagan.
7-o‘rinni gazetaga ertalab turishga harakat qiladigan barchani eslatib yuborgan oq ayiq, 8-o‘rinni pinagini buzmayotgan mushukdan taglikni tortib olishga urinayotgan kuchukcha, 9-o‘rinni yumshoq o‘yinchoq quchoqlab olgan tushkun holdagi vombat (Avstraliyada yashovchi xaltalilar oilasiga mansub, tashqi ko‘rinishidan kichkina ayiqchani eslatib yuboruvchi hayvon), 10-o‘rinni memlar qahramoniga aylangan, qovog‘i uyuq Erl laqabli it egalladi.
11-15-o‘rinlarni adyolga o‘rab qo‘yilgan Uilbur laqabli cho‘chqacha, Rojdestvoga monand kiyintirib qo‘yilgan Deffi laqabli poni, skeytbordchi buldog Otto, yumshoq ayiqcha o‘yinchog‘ini ushlab olgan Dudlbag laqabli kengurucha, dushanba kunlari va vannani yoqtirmaydigan sharpey zotidagi, Tonki laqabli it egalladi.