12:37 / 28.12.2015
3549

Abramovich yana bir italiyalik mutaxassisni jamoasiga taklif etish haqida o‘ylamoqda

"Yuventus" jamoasi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Chelsi" jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin bo‘lgan nomzodlar qatorida sanalmoqda. La Gazetta dello Sport nashrida yozilishicha, "nafaqaxo‘rlar" jamoasi xo‘jayini Roman Abramovich italiyalik mutaxassisni jamoani boshqarishi uchun taklif etilishi mumkin bo‘lgan "short-listi"ga qo‘shgan.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" Joze Mourinoni ishdan bo‘shatgach, uning o‘rniga vaqtinchalik murabbiy sifatida Guus Xiddink tayinlangan. Yangi mavsum uchun olib kelinishi mumkin bo‘lgan murabbiylar qatorida italiyalik murabbiy Antonio Konte ham bor.

Shuningdek, Manuel Pellegrini, Xosep Gvardiola, Diyego Simeone va Xorxe Sampaola kabi murabbiylar "Chelsi"ni keyingi mavsumdan boshlab boshqarishi mumkin bo‘lgan murabbiylar qatorida zikr etilgan.

Top