Jahon | 06:37 / 28.12.2015
11189
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh maxsus kuchlari Iroqda IShIDning yetakchilaridan biri ash-Shishaniyni ushladi

AQSh armiyasining maxsus kuchlari Iroqning Kirkuk viloyatida IShIDning yetakchilaridan biri Abu Umar ash-Shishaniyni ushladi. Avvalroq OAVlarda bir necha bor terrorchining yo‘q qilingani haqida ma'lumot paydo bo‘lgan, biroq bu ma'lumot biror marta ham rasman tasdiqlanmagan.

Ma'lum qilinishicha, ash-Shishaniy bilan birga IShIDning yana ikki nafar dala qo‘mondoni qo‘lga olingan va 7 nafar terrorchisi yo‘q qilingan. Qo‘lga olingan terrorchilar Sulaymoniya shahriga yetkazilgan, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish