Jahon | 07:49 / 28.12.2015
2725
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning janubi-sharqidagi tornado va suv toshqinlari qurbonlari soni 41 kishiga yetdi

AQShning janubi-sharqidagi bir necha shtatlarda yuz bergan tornado va suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 41 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Missuri shtatidagi toshqinlar oqibatida 6 kishi, Texasda esa 11 kishi halok bo‘lgan.

Illinoys shtatida yana 5 kishi, Missisipi, Alabama, Tennessi va Arkanzas shtatlarida esa umumiy hisobda 19 kishi halok bo‘lgan.

Hukumat hozircha tabiiy ofat oqibatida ko‘rilgan zararga aniq baho berishga tayyor emaslikligini ma'lum qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish