17:06 / 28.12.2015
2844

Britaniya ta'lim vaziri maktablarda ateizmga qarshi kurashmoqda

Brataniya ta'lim vaziri Niki Morgan maktablar o‘quvchilarga Britaniya xristian mamlakati ekanini tushuntirishlari hamda ateizmni emas, balki turli dinlarni o‘rganishga ahamiyat qaratishi lozimligini ma'lum qilgan, deya xabar bermoqda The Telegraph gazetasi.

Morgan 28 dekabrda e'lon qilingan o‘zining diniy maktablarga yo‘llagan tavsiyalarida bu haqda yozadi. Tavsiyalarda o‘quv dasturida diniy va ateistik qarashlar teng darajada taqdim etilmasligi aytib o‘tilgan. Vazirning fikricha, maktab ta'limi xristian an'analarini aks ettirishi kerak.

Qayd etilishicha, mazkur tavsiyalar Oliy sud Morganning ateizmni maktab dasturidan noqonuniy ravishda olib tashlagani to‘g‘risida qaror chiqarganidan so‘ng e'lon qilingan. Bunga javob tariqasida vazir sud aralashuvi yordamida gumanistlar boshlang‘ich maktablarda bolalarga ateizmning o‘rgatilishini joriy etishga urinayotganini ma'lum qilgan.

Shu bilan birga, Niki Morgan britan bolalari diniy ta'limga yo‘naltirilmagan boshqa mashg‘ulotlarda o‘zlarining ateistik qarashlari to‘g‘risida gapirishlari mumkinligini aytib o‘tgan.

Top