07:37 / 28.12.2015
3868

Globe Soccer Awards: Messi - yilning eng yaxshi futbolchisi, «Barselona» - eng yaxshi klubi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi 2015 yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida Globe Soccer Awards sovrinini qo‘lga kiritdi.

Yilning eng yaxshi klubi sifatida «Barselona» tan olingan bo‘lsa, klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeu «Eng yaxshi klub prezidenti» sovriniga ega bo‘ldi.

Yilning eng yaxshi murabbiyi sovrini esa Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Marko Vilmotsga topshirildi.

Shuningdek, yilning eng yaxshi futbol akademiyasi va yilning eng yaxshi futbol agenti nominatsiyalarida Portugaliya vakillari «Benfika» hamda Jorjye Mendesh g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Qayd etish kerakki, yilning eng yaxshi hakami nominatsiyasi sovrini Ravshan Ermatovga topshirildi.

Top