Jahon | 15:19 / 28.12.2015
3843
1 daqiqa o‘qiladi

Guardian: germaniyaliklar Shimoliy Koreyada qo‘llanayotgan operativ tizimni o‘rganib chiqdi

Germaniyalik tadqiqotchilar Florian Gruno va Niklaus Shiz Shimoliy Koreyada qo‘llab kelinayotgan Red Star operatsion tizimini o‘rganib chiqdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

Maqola muallifining ta'kidlashicha, KXDR operatsion tizimi mamlakatdag siyosiy tizimni eslatib yuboradi: u “paranoidal” bo‘lib, fuqarolarni kuzatishga qaratilgan.

U foydalanuvchilarga internetga chiqish imkoniyatini bermaydi, lekin davlat OAV portallari hamda bir qancha ruxsat etilgan saytlarga kirish imkoniyatini beradi. Bunday tizimni yaratishga o‘n yillab vaqt talab etilgan.

Tizimning oxirgi versiyasi Linux bazasida yaratilgan, lekin u ko‘plab o‘ziga xosliklarga ega, shu jumladan, fayllarni shifrlash xususiyati bor. Bu Shimoliy Koreya chet el ayg‘oqchilaridan o‘z ma'lumotlarini asrash maqsadida qo‘llayotgan chora sifatida ko‘rilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish