Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID jangarilari Iroqning Ramadi shahrida jang qilishdan bosh tortgan 30 o‘smirni qatl etdi
IShID jangarilari Iroqning Ramadi shahrida Iroq hukumat qo‘shinlariga qarshi jang qilishdan bosh tortgan 30 o‘smirni qatl etdi. Bu haqda “As-Sumariya” qanali Iroqning Naynavo viloyati kengashi vakiliga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.
Vakilning aytishicha, IShID yoshi 16 ga yetmagan 30 o‘smirni o‘ldirgan. Ular Iroq armiyasi hujumi vaqtida Ramadidan qochib ketganlikda ayblanganlar.
Ramadida jang qilishdan bosh tortib, IShID pozitsiyalaridan qochib ketgan o‘smirlarni terrorchilar nazorati ostidagi Mosul shahriga olib kelishgan. Viloyat kengashi vakilining aytishicha, barcha 30 o‘smir Mosulning janubiy qismidagi Al-Qiyor tumanining bosh maydonida omma oldida qatl etilganlar.