Jahon | 15:51 / 28.12.2015
5479
1 daqiqa o‘qiladi

Kreml amaldorlarga Putin iqtiboslari to‘plamini yo‘lladi

Yangi yil arafasida bayram sovg‘asi o‘laroq Rossiya prezidenti ma'muriyati minglab siyosatchi va amaldorlarga “Dunyoni o‘zgartiruvchi so‘zlar” kitobini taqdim etdi. Mamlakat rahbari Vladimir Putinning iqtiboslaridan iborat mazkur kitob “Set” harakati tomonidan yirik davlat granti hisobiga chop etildi.

Davlat rahbarining so‘zlaridan keltirilgan iqtiboslarni o‘qib chiqish tavsiyasi mulozimlarga yetkazilgani xabar RBK nashri tomonidan keltirildi. O‘tgan hafta boshida 50 nafar deputat, Federatsiya Kengashi va Jamoatchilik palatasi a'zolari ishtirokida Kremlda o‘tgan uchrashuvda ma'muriyat rahbarining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Volodin barchaga kitobni o‘qib chiqishni qat'iy tavsiya qilgan.

“Volodin kitob haqida gapirdi. Uning fikricha, u har bir siyosatchining stoli ustida turadigan sevimli kitobiga aylanishi lozim”, - dedi nashrning suhbatdoshi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish