23:12 / 28.12.2015
7040

«Manchester Yunayted» futbolchisi o‘zining Rolls-Royce avtomobili bilan barchani birdek lol qoldirdi

«Manchester Yunayted» Memfis Depay jamoa mashg‘ulotiga barchani hayratga solib, 240 ming funt stirling turuvchi Rolls-Royce Phantom Drophead Coupe mashinasida keldi, deb xabar bermoqda Mirror.

Britaniya portalining ma'lum qilishicha, 21 yoshli gollandiyalik yigitchaning bu harakati jamoa hamkorlari va menejmentlarini lol qoldirgan.

Gazetaning ma'lum qilishicha, Depayni maydon tashqarisidagi harakatlari tufayli ko‘p bora tanqid qilishgan. Jamoa murabbiyning yordamchisi bo‘lgan Rayan Giggz unga bor e'tiborini karerasiga qaratishi, buning uchun esa tinmay mashg‘ulot o‘tkazishi lozimligini ko‘p bora uqtirib kelmoqda.

Top