Jahon | 10:14 / 28.12.2015
8626
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Shahzoda Charlz yadro qurolini qo‘llasa ham jazolanmaydi

Buyuk Britaniya shahzodasi shahzoda Charlz atom bombasidan foydalanish huquqiga ega shaxs hisoblanadi. Bu haqda Buyuk Britaniyadagi Plimut universiteti xodimi tadqiqotlariga asoslanib The Independent nashri xabar tarqatgan.

Fan nomzodi bo‘lmish Jon Kirkxoup o‘z qo‘li ostidagi hujjatlarni o‘rganish orqali shahzoda Charlz Kornuoll gersogi maqomidan foydalangan holda bir qator qonunlar doirasidan tashqarida turishini aniqlagan.

O‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, Kornuoll gersogi unvoni Charlzni qator qonunlar bo‘yicha jazolanishdan ozod qiladi, ular orasida «Yadroviy portlash to‘g‘risidagi akt», «Ma'lumotlar himoyasi to‘g‘risida»gi qonun bor.

«Yadroviy portlash to‘g‘risidagi akt» tinch vaqtda yadro bombasini harakatga keltirganlik uchun bir umrlik qamoq ko‘rinishidagi jazoni ko‘zda tutadi, biroq u shahzoda Charlz uchun amal qilmaydi.

Bundan oldinroq, Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron agar talab etilsa, britaniyaliklar yadro qurolidan foydalanishga tayyorligini ma'lum qilgandi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish