Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:31 / 28.12.2015
8130
1 daqiqa o‘qiladi
Reuters: AQSh Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasini muvaffaqiyatli deb hisobladi
Vashingtonning bir qancha rasmiy shaxslari hamda harbiy tahlilchilar Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasini muvaffaqiyatli deb baholadi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
“Rossiya armiyasining ko‘magi tufayli Asad rejimi nisbatan xavfsiz vaziyatda ekanligini shubhasiz deb hisoblayman”, - dedi AQSh prezidenti ma'muriyatining nomi keltirilmagan vakili agentlik muxbiri bilan suhbat chog‘ida.
Rossiyaning Suriyadagi harbiy muvaffaqiyatlarini, shuningdek, amerikalik besh oliy martabali amaldor ham tasdiqladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish