08:05 / 28.12.2015
3610

Reuters: jangarilar bilan qurshab olingan Suriya shimolidagi hududlardan 300 ga yaqin oila olib chiqib ketiladi

Suriyaning shimolidagi shialar yashaydigan hududlardan 300 ga yaqin oilaning evakuatsiya qilinishi, kutilishicha, 28 dekabrda boshlanadi. Bu haqda Reuters axborot agentligi manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.   

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda mamlakatning shimolidagi Idlib shahridagi tinch aholi Turkiya bilan chegaraga olib kelinadi va u yerdan Bayrutga olib ketiladi. Odamlar olib chiqib ketilayotgan hududlar hozirda jangarilar tomonidan bosib olingan.

Qizil Xoch ko‘magida Zabadaniy shahridagi isyonchilar uchun Bayrut aeroportiga xavfsiz yo‘l ochiladi, isyonchilar u yerdan Turkiyaga jo‘naydilar.

Tinch aholini evakuatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar BMT ko‘magida bir necha oy avval boshlangandi, biroq tomonlar uzoq vaqt qelishuvga kela olmaganlar.

Top