20:42 / 28.12.2015
4744

Turkiya Isroilni munosabatlarni yaxshilash uchun talablarni bajarishga chaqirdi

Turkiya hukumati vakili Isroil G‘azo sektorini qamal qilishni tugatmaguncha va halok bo‘lgan 10 nafar falastinparast turk faollari oilalariga yetkazilgan ziyonni qoplamaguncha Isroil bilan munosabatlarni yaxshilab bo‘lmasligini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

“Turkiya va Isroil bilan munosabatlar Isroil zarur talablarni bajarmaguncha yaxshilanmaydi. Biz buni talab qilmoqdamiz”, deb aytdi Turkiya vakili.

Vakilning aytishicha, Turkiya G‘azoda yashovchi falastinliklarni tahqirlash bas qilinishini talab qilmoqda.

“Turkiya ikki davlat umumiy yechimni topmaguncha va falastinliklar o‘z yeriga ega bo‘lmaguncha talab qilinadigan siyosat olib boradi. Hududda muntazam yarashuvga falastinliklar muammosi hal qilinmaguncha erishib bo‘lmaydi”, deb aytdi vakil.

Agentlikning ta'kidlashicha, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishi Turkiyaga Isroildan gaz import qilishni yana boshlashga imkon beradi.

Top