17:51 / 28.12.2015
3926

Ukraina Rossiyaning o‘rnini bosish uchun Osiyo va Afrikaga tovar chiqara boshlaydi

Ukraina ishlab chiqaruvchilari Rossiya bozorining sanksiyalar tufayli yopib qo‘yilgani munosabati bilan yangi eksport maydonchalarini qidirmoqda. Bunda birinchi navbatda Osiyo va Afrika davlatlariga katta umid bog‘lanmoqda. Ukraina iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri o‘rinbosari Natalya Mikolskaya “Obshchestvennoye TV” kanaliga bergan intervyusida bu haqda ma'lumot berdi.

“Oxirgi uch yil ichida mahalliy mahsulotning Rossiyaga eksporti deyarli 4 martaga qisqardi – 2012 yildagi 17.3 mlrd dollardan 2015 yilda 4 mlrd dollarga tushib ketdi”, - dedi mamlakatning savdo vakili.
Mikolskaya Rossiya bozorining yopilishi Ukraina eksportchilari uchun fojiaga aylanmasligini ta'kidlab o‘tdi.

“Keyingi yilda Ukraina mamlakat uchun eng manfaatli bo‘lgan sheriklar: Xitoy, Turkiya, Afrika va Yaqin Sharq davlatlari bilan hamkorlikni faollashtirishni rejalashtirmoqda”, - deya xulosa qildi Mikolskaya.

Top