Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xosep Gvardiola: «Manchester Siti»ga Vardini sotib oladigan darajada ahmoq emasman
Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsum yakunlangach, Angliyaning «Manchester Siti» klubini boshqarishi haqida gap so‘zlar tarqalgandi. Shu munosabat bilan jurnalistlar unga APL to‘purari bo‘lib turgan Jyeymi Vardini yangi jamoasiga sotib olishi mumkinligi borasida savol bilan murojaat qilishdi.
Gvardiola Vardining o‘yiniga ijobiy baho berib, lekin uni sotib oladigan darajada aqldan ozmaganini ta'kidladi.
«Manchester Siti» Vardini sotib olishi haqidagi mish-mishlar? Vardi yuqori saviyaga o‘ta murakkab yo‘lni bosib o‘tgan holda chiqib kelgan ajoyib futbolchi. Ammo, agar «Manchester Siti»ga murabbiyi bo‘lsam, uni sotib olishni istamagan bo‘lardim. Chunki, hali u darajada aqldan ozganim yo‘q», deya Gvardioladan iqtibos keltiradi BBC Sport.