Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2016 yilda Turkiya va Rossiya o‘rtasida kelib chiqadigan ixtilofdan qochib bo‘lmaydi
Rossiya va Turkiya o‘zaro ixtilofning chuqurlashishidan qochishga harchand urinmasin, 2016 yilda muammo baribir jiddiylashadi. Bunday xulosa AQShning Stratfor razvedka-tahlil kompaniyasi tayyorlagan hisobotda keltirildi.
Taxmin qilinishicha, Turkiya Suriya shimolida harbiy aksiyani amalga oshiradi, Iroq shimolidagi kontingetini ham ko‘paytiradi. Bunda rasmiy Anqara nafaqat IShIDga qarshi turishni, balki Suriya kurdlarini tutib turishni ham maqsad qiladi. Umuman olganda, ekspertlar fikricha, 2016 yilda Turkiya mintaqadagi mavqeini oshirib oladi.
Stratfor kelgan xulosalarga binoan, bu harakatlar Turkiyaning Rossiya va Eronga qarshi turishiga olib keladi. Rossiya Turkiya bilan ixtilofga borishni istamasa ham, bundan qochib bo‘lmaydi. Qora va O‘rta Yer dengizlariga chiqish yo‘llari Anqara nazorati ostida ekanligi Rossiyani tashvishga solmoqda.
Bundan tashqari, Rossiyaning mintaqadagi ixtilofga aloqadorligi ko‘plab tarkibiy qismlarga bo‘linib ketadi va Moskva bir paytning o‘zida ko‘plab muammolarni hal qilishiga to‘g‘ri keladi.