Jahon | 15:55 / 29.12.2015
2510
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiyada Yangi yil arafasida terakt uyushtirmoqchi bo‘lganlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi

Belgiya prokuraturasi Yangi yil bayrami vaqtida mamlakat poytaxti Bryussel shahrida terakt uyushtirishni rejalashtirishda gumon qilingan 2 shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berdi.

Reyter agentligi ma'lumotiga ko‘ra, politsiyachilar Bryussel va Lej shaharlarida maxsus reydlar o‘tkazishi orqali 6 shaxs qo‘lga olingan.

Politsiyachilar ularning uyidan harbiy liboslar va IShIDning targ‘ibot varaqalarini topishgan. Shuningdek, ularning yondan qurol va portlovchi moddalar aniqlanmagani aytilgan. Reyd davomida 6 nafar shaxs tutilib, so‘roq qilingan. Ularning 4 nafari qo‘yib yuborilgan.

Prokuratura ma'lumotida qo‘lga olingan bu shaxslar Parij teraktiga aloqadorligi gumon qilinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish