Sport | 07:54 / 29.12.2015
2912
2 daqiqa o‘qiladi

Guus Xiddink: "MYu" bilan o‘yindagi natija yomon bo‘lmadi, lekin biz yutishimiz ham mumkin edi

Angliya chempionatining 19-turi doirasida "Manchester Yunayted" jamoasiga qarshi uchrashuvdan keyin (0:0) "Chelsi" bosh murabbiyi Guus Xiddink jurnalistlar bilan gaplashdi. U o‘yindagi natijadan qoniqqanini bildirgan.

"Bir tomondan safardagi bu natija yaxshi, biz qiyin uchrashuvda ochko oldik. Ikkinchi tomondan qarasak, bizda g‘alaba bilan qaytish uchun ham imkoniyatlar bo‘lgandi. Vaziyatlardan birortasidan unumli foydalanishimiz va 3 ochkoga ega chiqishimiz ham mumkin edi. Bizga yakunlovchi hujumchi yetishmadi (jamoaning to‘qqizlik hujumchisi Diyego Kosta diskvalifikatsiya tufayli o‘yinni o‘tkazib yubordi - tahririyat izohi). Umuman olganda, natijadan roziman. Jamoa katta ishtiyoq bilan o‘yin ko‘rsatdi va xavfli hududni tark etib, yuqoriga intilmoqda", deydi murabbiy.

Ayni vaqtda, APLning turnir jadvalida "Chelsi" 20 ochko bilan 14-o‘rinda, "MYu" esa 30 ochko bilan oltinchi o‘rinda joylashgan.

Van Gaal: OAV iste'foga chiqishimni istamoqda, men esa yo‘q

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish