Jahon | 01:29 / 29.12.2015
2311
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada politsiya bo‘limiga qilingan hujum oqibatida uch nafar politsiyachi halok bo‘ldi

Indoneziyaning Papua viloyatida joylashgan Sinak shahridagi politsiya bo‘limiga qurollangan hujum uyushtirilishi oqibatida 3 nafar politsiyachi halok bo‘ldi, yana 2 nafari yaralandi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Politsiya bo‘limiga kamida 15 kishi hujum qilgan. Ular o‘zlari bilan yettita miltiq va o‘q-dori qutisini olib ketgan.

Ma'lum qilinishicha, Indoneziya prezidenti Joko Vidodo Yangi yilni Papua viloyatida nishonlashni rejalashtirgan.

Manbalarga ko‘ra, mahalliy papuaslarning bir qismi ularning vatani Papua Indoneziyaning mustamlakasi ekanligidan norozi bo‘lmoqda. Papuaslarning yomon tashkillashtirilgan qurollangan guruhlari Papuaning Indoneziyadan mustaqil bo‘lishi uchun kurashmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish