Jahon | 00:21 / 29.12.2015
4885
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq bosh vaziri: 2016 yil Iroqning IShID ustidan g‘alaba qiladigan yili bo‘ladi

Iroq bosh vaziri Haydar al Obodiyning aytishicha, 2016 yil IShID terrorchilik guruhi ustidan g‘alaba qozoniladigan yil bo‘ladi. Uning so‘zlarini Reuters agentligi keltirib o‘tgan.

«2016 yil IShID terrorchilik guruhining Iroqdagi faoliyatiga yakun yasaladigan yil bo‘ladi. Uning faoliyati mamlakatda to‘xtatiladi», — dedi u. Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Iroq armiyasi mamlakat shimolidagi yirik shahar — Mosulni ozod etadi va bu “IShIDga berilgan yakuniy va qaqshatgich zarba bo‘ladi”.

Eslatib o‘tamiz, Iroq armiyasi 27 dekabr kuni mamlakatning yirik shaharlaridan biri Ramadini terrorchilar nazoratidan ozod qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish