Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq bosh vaziri aholini IShIDdan ozod bo‘lgani bilan qutlash uchun Ramadi shahriga keldi
Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadiy Ramadi shahriga tashrif buyurib, shahar aholisini IShID asoratidan qutilgani munosabati bilan qutladi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar tarqatdi.
Xabar qilinishicha, mahalliy telekanallar bu tashrif haqida ma'lumot bermagan. Agentlikka general-mayor Ahmad al-Belavi ushbu tashrif haqida ma'lumot bergan. Uning aytishicha, bosh vazir o‘z tashrifini viloyat rahbarlari va xavfsizlik xizmatlari xodimlari bilan uchrashgan.
27 dekabr kuni Iroq armiyasi Ramadini IShIDdan ozod qildi.
IShID 2014 yilning yozida Ramadini egallab olgandi. Bu shahar Iroqning IShID qo‘lidagi eng yirik shaharlaridan biri edi.
Iroq armiyasi shaharni ozod etish uchun harbiy amaliyot boshlashdan oldin aholini vaqtinchalikka shaharni tark etishni so‘rab varaqalar tarqatdi.
28 dekabr kuni bosh vazir 2016 yil IShID terrorchilik guruhi ustidan g‘alaba qozoniladigan yil bo‘lishi haqida aytgandi.