09:02 / 29.12.2015
4443

Kerri Rossiya va Qozog‘istonning Erondan uranning jo‘natilishidagi ishtirokiga yuqori baho berdi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Rossiya va Qozog‘iston Erondan katta miqdorda past boyitilgan uranning kemada jo‘natilishida muhim rol o‘ynaganini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Ko‘plab davlatlar bu jarayonda muhim ahamiyat kasb etdi. Yadroviy moddalarni tashish va xavfsizligini ta'minlashda katta tajribaga ega Rossiya Erondan boyitilgan uranni jo‘natish va uning o‘rniga tabiiy uran berishda katta rol o‘ynadi”, deb aytdi Kerri.

Shuningdek, Kerri Eronga boyitilgan uran o‘rniga tabiiy uranni taqdim qilgan Qozog‘istonning hissasini ham ta'kidlab o‘tdi. Bundan tashqari, Kerri Qozog‘istonning harakatlar o‘zaro rejasi bo‘yicha kelishuvga olib kelgan muzokaralardagi ishtirokini qayd qilib o‘tdi.

Bundan tashqari, Kerri Ozarbayjon ham bu jarayonda muhim rol o‘ynaganini qo‘shimcha qildi.

Top